Sunʼiy neyron to'rini o'qituvchili va o'qituvchisiz o'rgatish
Keywords:
Sunʼiy intellekt, sunʼiy neyron toʻrlari, mashinaviy o‘rganish, o‘qituvchili o‘rganish, o‘qituvchisiz o‘rganish, tasniflash, regressiya, klasterlash, Koxonen xaritasi, orqaga tarqatish algoritmi, maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish.Abstract
Ushbu maqolada sunʼiy neyron toʻrlarini o‘rgatishning ikki asosiy yondashuvi — o‘qituvchili (supervised) va o‘qituvchisiz (unsupervised) o‘rganish usullari keng yoritilgan. O‘qituvchili o‘rganishda kirish maʼlumotlari bilan birga to‘g‘ri javoblar berilishi orqali neyron to‘rni o‘qitish jarayoni tushuntiriladi hamda bu usulning tasniflash va regressiya masalalaridagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. O‘qituvchisiz o‘rganishda esa maʼlumotlar orasidagi yashirin bog‘lanishlarni aniqlash, klasterlash va tuzilmani topish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada har ikki yondashuvning afzalliklari, kamchiliklari va amaliy sohalardagi qo‘llanilishi taqqoslab o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari sunʼiy intellekt tizimlarini loyihalash va maʼlumotlarni intellektual tahlil qilishda ushbu o‘rganish usullarini to‘g‘ri tanlash muhimligini ko‘rsatadi.