Ertaklar vositasida maktabgacha kata yoshdagi bolalarni bog’lanishli nuqtini o’stirish
Keywords:
Ertak, maktabgacha ta’lim, bog‘lanishli nutq, og‘zaki nutq, qayta hikoya qilish, sahnalashtirish, rasmli metod, grammatik ko‘nikma, lug‘at boyligi, ijodiy nutq.Abstract
Ushbu maqolada ertaklarning maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ertaklar bolalarda lug‘at boyligini kengaytirish, grammatik tuzilmani mustahkamlash, voqealarni izchil bayon qilish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirishda samarali vosita ekanligi ilmiy misollar orqali asoslab berilgan. Tadqiqotda ertaklarni o‘qish, qayta hikoya qilish, sahnalashtirish, rasm asosida hikoya tuzdirish va ertakni davom ettirish kabi metodlarning bog‘lanishli nutqni shakllantirishdagi roli yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ertaklardan tizimli va maqsadli foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutq darajasini sezilarli darajada oshiradi.