ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MATEMATIKA VA INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
: matematika ta‘limi, informatika o‘qitish, o‘qitish metodikasi, raqamli kompetensiya, o‘qituvchi malakasi, ta‘lim texnologiyalari, fanlararo integratsiya, muammoli ta‘lim, motivatsiya, STEM ta‘limAbstract
Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarida matematika va informatika fanlarini o‘qitish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va o‘quvchilarning zamonaviy talablarga mos bilim olish ehtiyoji ta‘lim metodikasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Maqolada o‘qituvchilar malakasi, o‘quv dasturlari, o‘quvchilar motivatsiyasi, moddiy-texnik resurslar, fanlararo integratsiya va o‘qitish metodologiyasi muammolari ko‘rib chiqilib, ularning sabablari, oqibatlari va yechimlari xorijiy tajribalar asosida muhokama qilinadi.