Iterator va generatorlarni amaliyotda yozish
Keywords:
iterator, generator, kechiktirilgan hisoblash, lazy evaluation, xotira tejamkorligi, Python sikllari, ma’lumot oqimi, iterable obyekt, funksiya generatori, amaliy dasturlash.Abstract
Ushbu maqolada Python dasturlash tilida iterator va generatorlarning ishlash prinsiplari, ularni amaliyotda qo‘llash usullari hamda samaradorlik jihatlari yoritiladi. Keltirilgan misollar orqali __iter__() metodi yordamida maxsus iterator obyektlarini yaratish va yield operatori asosida generator funksiyalarni ishlab chiqish jarayoni bosqichma-bosqich tushuntiriladi. Iterator va generatorlarning xotira tejamkorligi, kechiktirilgan hisoblash (lazy evaluation) imkoniyatlari hamda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashdagi afzalliklari amaliy misollar bilan asoslab beriladi. Maqola Python’da oqimli ma’lumotlarni qayta ishlash, sikllar bilan ishlash va samarali kod yozish bo‘yicha boshlang‘ich hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.