Suniy neyron tarmoqlarini o‘qituvchili va o‘qituvchisiz o‘qitish usullari
Keywords:
suniy neyron tarmoqlar, o‘qituvchili o‘qitish, o‘qituvchisiz o‘qitish, chuqur o‘rganish, klasterlash, optimallashtirish.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada suniy neyron tarmoqlarini o‘qitishning ikki asosiy paradigmasi — o‘qituvchili (supervised) va o‘qituvchisiz (unsupervised) yondashuvlarning nazariy asoslari, ularning matematik modeli, algoritmik jarayoni va amaliy qo‘llanilish sohalari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida tasniflash, regressiya, klasterlash, o‘lchamlarni qisqartirish kabi vazifalar uchun qo‘llaniladigan metodlarning o‘ziga xos jihatlari, ustunliklari va cheklovlari solishtirilgan. Shuningdek, zamonaviy chuqur o‘rganish arxitekturalarida qo‘llanilayotgan o‘qitish strategiyalari, optimallashtirish mexanizmlari va real sektor misollarida samaradorlik ko‘rsatkichlari yoritilgan. Maqola yakunida neyron tarmoq modellari uchun o‘qitish strategiyasini tanlash mezonlari, sifat ko‘rsatkichlari va istiqboldagi tadqiqot yo‘nalishlari keltiriladi.