AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA TALABALARNING VATANPARVARLIK KOMPETENSIYASINI MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH
Keywords:
axborotlashgan jamiyat, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik kompetensiyasi, raqamli ta’lim, globallashuv, EERA, milliy meros, axborot madaniyati, ma’naviy tarbiya..Abstract
Maqolada axborotlashgan jamiyat sharoitida talabalarda vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish masalasi yoritiladi. Yevropa Ittifoqi ta’lim tadqiqot institutlari, xususan EERA doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida milliy an’ana va qadriyatlarning raqamli ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvining samaradorligi tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamli texnologiyalar ta’sirida yoshlarning dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlarida yuz berayotgan o‘zgarishlar kontekstida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish metodikasini takomillashtirish zaruriyati asoslab beriladi. Raqamli platformalar, interaktiv vositalar, milliy merosni targ‘ib etuvchi virtual resurslar talabalarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani mustahkamlash va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonidagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada shuningdek, axborot madaniyati, ma’naviy-etika tamoyillari va milliy tarbiya uyg‘unligi ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.