SUN’IY INTELEKT VA UNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Keywords:
Sun’iy intellekt, mashinali o‘rganish, chuqur o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash, kompyuter ko‘rish, texnologiya, neyron tarmoq, avtomatlashtirish, aqlli tizimlar, tibbiyotda SI, sanoatda SI.Abstract
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) tushunchasi, uning zamonaviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, turli sohalarda qo‘llanilishining nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari — mashinali o‘rganish, chuqur o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash va kompyuter ko‘rish kabi tarmoqlarning inson faoliyatiga ta’siri yoritiladi. Maqolada SI texnologiyalarining kundalik hayot, tibbiyot, ta’lim, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport tizimlarida qo‘llanilishi misollar orqali tushuntirilgan. Shuningdek, Microsoft, Alphabet (Google), Amazon, Nvidia, Intuitive Surgical va IBM kabi kompaniyalarning sun’iy intellektni rivojlantirishdagi hissasi ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt inson mehnatini to‘ldiruvchi, samaradorlikni oshiruvchi va yangi imkoniyatlar yaratuvchi muhim texnologik omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.