TURK VA O'ZBEK TILLARIDA OILA KONSEPTINING FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA IFODALANISHI

Authors

  • Soipova Maftuna Ne'matillo qizi Andijon davlat universiteti o’zbek tili kafedrasi o’qituvchisi Author

Keywords:

kognitiv tilshunoslik, konsept, lingvokulturalogiya, frazeologik birliklar, mantiqiy kategoriya, assotsiatsiativ birliklar, oila konsepti.

Abstract

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu konseptdir. Bu termin kongitiv tilshunoslik va lingvokulturalogiyaning muhim kotegoriyalaidan biridir. Ushbu maqolada turk va o'zbek tillarida oila konsepti va unga oid frazeologik birliklar tadqiqi o'rganiladi. Hozirgi kunda jahon tilshunosligida turli til darajasidagi birliklar misolida umuminsoniy tushunchalarning milliy madaniy o'ziga xosligi masalasini oydinlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tilning o'ziga xos ususiyatlariga madaniyatning ham dahldorligi barcha tilshunoslar tomonidan e'tirof etilib endilikda tilni madaniyat bilan bog'lab o'rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Turk va o'zbek tillarida oila konsepti frazeologik birliklar misolida tematik va statistic tahlil yordamida konseptuallashtirishga bag'ishlangan tadqiqotlar yetarlicha emas. Ushbu maqolada, individual yondashuv asosidatushunchalarni lingvistik, kognitiv, madaniy va sotsiologik nuqtai nazardan o'rganish imkonini berishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, kontseptuallаshtirish insan ongida voqelikni aks ettirishning aqliy usuli hisoblanadi. U subjektiv va lingvistik hamjamiyat tomonidan qabul qilingan an'anaviy ma'nolarni birlashtiradi. Konseptni prototipik kategoriyalashtirish orqali til va madaniy o'ziga xoslik shaffof namoyon bo'lishi xulosa qilinadi.

Downloads

Published

08-11-2025

How to Cite

TURK VA O’ZBEK TILLARIDA OILA KONSEPTINING FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA IFODALANISHI. (2025). ZAMONAVIY ILM-FAN VA TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR, 2(4), 59-62. https://innoworld.net/index.php/ziftmy/article/view/1153