AN’ANANAVIY HAMDA ONLAYN BANKLAR FAOLIYATI
Keywords:
Onlayn bank, An’anaviy bank, Raqamli iqtisodiyot, Fintech, Raqamli to‘lovlar, Bank transformatsiyasi, O‘zbekiston bank tizimi.Abstract
Ushbu maqolada banklar faoliyatining onlayn va an'anaviy shakllarining afzalliklari va kamchiliklari taqqoslanadi. An'anaviy banklar uzoq yillik tajribaga ega bo‘lib, mijozlarga shaxsiy xizmat va ishonchni ta'minlaydi. Biroq, onlayn banklar tezlik, qulaylik va kam xarajatlar taklif etadi. Tadqiqot davomida koplab insonlarning fikrlari va tajribalari asosida har ikki bank faoliyati turining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikki usul o'z o'rniga ega va kelajakda banklar o'z xizmatlarini raqobatbardosh qilish uchun onlayn va an'anaviy xizmatlarni birlashtirishga harakat qilishlari lozim.
2025-yilda bank tizimining raqamli transformatsiyasi jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi. Onlayn banklar soni ortib, moliyaviy xizmatlarning 70 foizdan ortig‘i raqamli kanallar orqali amalga oshirilmoqda. Maqolada an’anaviy va onlayn banklar faoliyatining o‘zaro farqlari, O‘zbekistonda raqamli banklarning rivojlanish omillari hamda kelgusidagi istiqbollari tahlil qilinadi.