O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning muammolari va istiqbollari
Keywords:
: to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsion muhit, iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar, investitsiya siyosati, iqtisodiy rivojlanish, investitsion jozibadorlik, infratuzilma, iqtisodiy barqarorlik, innovatsion iqtisodiyot.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy-huquqiy asoslari, sarmoyaviy muhitni shakllantiruvchi omillar va sohadagi mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, energetika va sanoat sohalaridagi investitsion loyihalarning samaradorligi hamda xalqaro tajriba asosida investitsiya faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning dolzarb masalalari, mavjud muammolari hamda istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, huquqiy-me’yoriy bazaning takomillashuvi va iqtisodiy islohotlarning investitsiya oqimiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, byurokratik to‘siqlar, infratuzilma muammolari, valyuta va moliyaviy xavflar kabi omillarning investitsion jozibadorlikka salbiy ta’siri yoritilgan. Maqolada O‘zbekistonning xalqaro investitsiya bozoridagi o‘rnini mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda innovatsion va raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib berilgan.
References
1. Adam Smith. Xalqlar boyligi (The Wealth of Nations).
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: Tasvir, 2022.
3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
5. Shodmonov Sh.Sh., G‘ofurov U.V. Iqtisodiy nazariya. (Darslik) – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2020. – 788 b.