BUDJET TASHKILOTLARINING ASOSIY VOSITALARI HISOBI VA UNING TAHLILI
Abstract
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi va tahlili masalasi iqtisodiy adabiyotlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarida atroflicha yoritilgan. Ushbu bo‘limda mavzu bo‘yicha nazariy asoslar va amaldagi me’yoriy hujjatlarning tanqidiy tahlili keltiriladi. Asosiy vositalar, umumiy iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalaniladigan va o‘z qiymatini tayyor mahsulot (xizmat) tan narxiga qismlarga o‘tkazadigan moddiy aktivlardir. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular tijorat maqsadlarida emas, balki ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish va davlat funksiyalarini bajarish uchun qo‘llaniladi.