Izoxorik va izobarik jarayonlarda issiqlik sig’imlarining o’zaro bog’liqligini tahlil qilish
Keywords:
termodinamika, izoxorik jarayon, izobarik jarayon, issiqlik sig‘imi, ichki energiya, Mayer tenglamasi, ideal gaz, universal gaz doimiysi, adiabatik ko‘rsatkich, energiya almashinuvi.Abstract
Ushbu ishda termodinamik jarayonlarning asosiy turlaridan bo‘lgan izoxorik va izobarik jarayonlarning fizik mohiyati, ularning ideal gaz holatidagi kechishi hamda issiqlik sig‘imlari bilan bog‘liq nazariy asoslari tahlil qilinadi. Izoxorik jarayonda hajm o‘zgarmas bo‘lgani sababli gaz tashqi muhitga nisbatan mexanik ish bajarmaydi va berilgan issiqlik to‘liq ichki energiyaning ortishiga sarflanadi. Izobarik jarayonda esa bosim o‘zgarmas bo‘lib, gaz kengayishi yoki siqilishi natijasida tashqi kuchlarga qarshi ish bajaradi. Shu sababli izobarik jarayonda berilgan issiqlik ichki energiyani oshirish bilan birga mexanik ish bajarishga ham sarflanadi. Ishda Mayer tenglamasi asosida izobarik va izoxorik issiqlik sig‘imlari orasidagi bog‘liqlik tushuntiriladi hamda adiabatik ko‘rsatkichning gaz molekulalarining erkinlik darajasi bilan aloqasi yoritiladi. Mazkur jarayonlarni o‘rganish issiqlik mashinalari, energetika qurilmalari, texnologik jarayonlar va muhandislik amaliyotida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Sivuxin D.V. Umumiy fizika kursi. Termodinamika va molekulyar fizika.
2. Savelyev I.V. Umumiy fizika kursi. Molekulyar fizika va termodinamika.
3. Tursunmetov K.A., Xudoyberganov A.M. Fizika. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.
4. Ismoilov M., Xabibullayev P. Fizika kursi. Molekulyar fizika va termodinamika asoslari.
5. Halliday D., Resnick R., Walker J. Fundamentals of Physics.
6. Zemansky M.W., Dittman R.H. Heat and Thermodynamics.