O'ZAK HUJAYRALAR SIRLARI: REGENERATIV TIBBIYOTNING BIOLOGIK POYDEVORI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI
Abstract
Tasavvur qiling: tanangizda bir qancha hujayralar borki, ular
istalgan boshqa hujayraga aylanish qobiliyatiga ega. Ular jarohatlangan
to‘qimalarni qayta tiklaydi, eskirgan hujayralarni almashtiradi va hayotingiz
davomida sizni sog‘lom saqlash uchun tinimsiz ishlaydi. Aynan shu mo‘jizaviy
hujayralar o‘zak hujayralar (stem cells) deb ataladi.O‘zak hujayralar – bu
organizmning “ta’mirlash brigadasi”dir. Ular ikki asosiy xususiyatga ega. O‘z
o‘zini yangilash (self-renewal) – bo‘linish orqali o‘ziga o‘xshash hujayralarni
hosil qilish. Differentsiatsiya (farqlanish) – turli ixtisoslashgan hujayralarga
(masalan, nerv, mushak, qon, suyak hujayralari) aylanish.