TOMCHILAB SUG‘ORISHDA SOMON MULCHASINING TUPROQ NAMLIGI TAQSIMLANISHI VA SAQLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Sadiyev Farxod Irrigatsiya va suv muammolari Ilmiy Tadqiqot Instituti (ISMITI) katta ilmiy xodim, PhD fsf7711@mail.ru (+99891) 241-77-11 Author
  • Sultonova Nilufar Irrigatsiya va suv muammolari Ilmiy Tadqiqot Instituti (ISMITI) tayanch doktorant nilusulton21@gmail.com (+99894) 326-03-34 Author

Keywords:

Tomchilatib sug‘orish, somon mulchasi, tuproq namligi, melioratsiya, CHDNS, sug‘orma dehqonchilik, g‘o‘za, suv resurslari, agrotexnologiya.

Abstract

Mazkur tadqiqotda tomchilatib sug‘orish sharoitida somon mulchasi qo‘llanilishining tuproq namligi taqsimlanishi va saqlanish dinamikasiga ta’siri kompleks ravishda o‘rganildi. Tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasining Buxoro viloyati, Kogon tumani sharoitida olib borildi. Tajribalar sug‘orma dehqonchilik tizimlarida suv resurslaridan samarali foydalanish muammolarini hal etishga qaratilgan bo‘lib, tuproq namligi sug‘orishdan oldingi davrlarda gravimetrik usulda 0–20 sm va 20–40 sm tuproq qatlamlarida, shuningdek gorizontal yo‘nalishda jo‘yakning turli zonalarida o‘rganildi. Natijalar somon mulchasi qo‘llanilganda tuproq namligining mulchasiz variantga nisbatan 2-3% yuqori saqlanishini ko‘rsatdi. Tuproq namligi sug‘orishdan oldingi davrda mulchasiz variantda 9–11%, mulchali variantda esa 10–13% bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar CHDNS ning 60–70% diapazoniga mos kelgan. Olingan natijalar tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini takomillashtirishda mulchalashning agrotexnik ahamiyatini tasdiqladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Sug‘orma dehqonchilik texnologiyalari bo‘yicha qo‘llanmalar.

2. Mirzajonov Q.M. Tuproqshunoslik va melioratsiya asoslari. – Toshkent.

3. Yusupov R. Sug‘orish tizimlari va suv resurslarini boshqarish. – Toshkent.

4. Allen R.G., Pereira L.S., Raes D. Crop Evapotranspiration – Guidelines for Computing Crop Water Requirements. FAO Irrigation and Drainage Paper.

5. Jensen M.E. Design and Operation of Farm Irrigation Systems.

6. Doorenbos J., Kassam A.H. Yield Response to Water. FAO Irrigation and Drainage Paper.

7. Shomurodov B. O‘zbekiston sharoitida tomchilatib sug‘orish texnologiyalari.

8. Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami.

9. FAO. Water Management in Agriculture. Rome.

10. O‘zbekiston Respublikasi gidromelioratsiya sohasiga oid normativ hujjatlar.

Alimova, N. I. (2019). FROM THE HISTORY OF JADID SCHOOLS IN TURKESTAN. Theoretical & Applied Science, (10), 89-92.

Downloads

Published

07-03-2026

How to Cite

TOMCHILAB SUG‘ORISHDA SOMON MULCHASINING TUPROQ NAMLIGI TAQSIMLANISHI VA SAQLANISHIGA TA’SIRI. (2026). ZAMONAVIY ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR NAZARIYASI , 3(3), 4-6. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/2043