PANDORA VA MOMO HAVONING JANNATDAN QUVILISHI HAQIDAGI RIVOYATLARNING QIYOSIY-MIFOLOGIK TAHLILI
Keywords:
Pandora, Momo Havo, mifologiya, diniy talqin, qiyosiy tahlil, taqiq motivi, ayol timsoli, umid falsafasi.Abstract
Ushbu maqolada qadimgi yunon mifologiyasidagi Pandora haqidagi rivoyat hamda diniy manbalarda bayon etilgan Momo Havoning jannatdan quvilishi voqeasi o‘zaro qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur ikki syujet insoniyat hayotidagi azob-uqubatlarning kelib chiqishini izohlovchi madaniy modellari sifatida ko‘rib chiqiladi. E’tibor taqiq motivi, ayol timsolining semantik yuklamasi hamda umid g‘oyasining falsafiy mazmuniga qaratiladi. Natijada ushbu rivoyatlar insonning erkin tanlovi, mas’uliyati va tarixiy mavjudligi haqidagi qarashlarni shakllantiruvchi universal ramziy tizimlar ekani asoslab beriladi.