“Kecha va kunduz” romanida turkiy ruhiyat va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini talqini
Keywords:
Kecha va kunduz, turkiy ruhiyat, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, ayollar taqdiri, ijtimoiy muhit, psixologik tahlil.Abstract
: Mazkur maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida turkiy ruhiyat va jadid ma’rifatparvarlik g‘oyalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarda kecha va kunduz antitezasi orqali millatning zulmatdan nurga, jaholatdan ma’rifat sari intilishi yoritilgan. Qahramonlar — Razoq so‘fi, Zebi, Miryoqub va Akbarali mingboshi obrazlari orqali XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy muhiti, ayollar taqdiri, diniy mutaassiblik, ijtimoiy tengsizlik va milliy uyg‘onish masalalari ochib beriladi. Roman jadidchilik mafkurasi bilan sug‘orilgan realistik asar sifatida millat ruhiyati va tarixiy taraqqiyot yo‘lini badiiy aks ettiradi.
References
1. Adabiyot nadir? - "Sadoi Turkiston", 1914 yil 4 iyul.
2. "Kecha va kunduz " Choʻlpon.
3. “Yosh yozuvchilarimizga” Cho‘lpon maqolasi — “Sadoi Turkiston”, 1915-yil.
4. “Chorak asr hamnafas” Kibriya Qahhorova.
5. “Cho‘lponni anglash” O. Sharafiddinov