Virtual reallik vositalaridan foydalanish asosida talabalarda tizimli tafakkurni rivojlantirishning kompetensiyaviy modeli
Keywords:
virtual reallik, tizimli tafakkur, kompetensiyaviy yondashuv, ta’lim texnologiyalari, VR muhit, modellashtirish, oliy ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada virtual reallik (VR) vositalaridan foydalanish asosida talabalarda tizimli tafakkurni rivojlantirishning kompetensiyaviy modeli ishlab chiqiladi va ilmiy-metodik jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda tizimli tafakkur tushunchasining mazmuni, uning kompetensiyaviy yondashuv bilan uzviy bog‘liqligi hamda VR texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ishlab chiqilgan model kognitiv, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv komponentlar asosida tuzilib, o‘quv jarayoniga integratsiyalashgan VR muhitida talabalarning murakkab tizimlarni anglash, tahlil qilish va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.