YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA IQTISODIY O’SISH VA EKOLOGIK BARQARORLIK UYG’UNLIGI
Keywords:
Yashil iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik, barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik innovatsiyalar, resurslardan oqilona foydalanish.Abstract
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy iqtisodiy rivojlanish modellarining ekologik muammolarni kuchaytiruvchi omillari yoritilib, resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hamda ekologik innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Maqolada iqtisodiy va ekologik manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashda davlat siyosati, institutsional mexanizmlar hamda investitsion muhitning o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.