TA’LIM YO‘NALISHIDA SHAXS KAMOLOTINI TA’MINLASHDA SOTSIOLOGIK YONDASHUVLAR

Authors

  • Mamasiddiqova Mohinur Davlatbek qizi Farg‘ona davlat unversiteti Tarix fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 24-83 guruh talabasi Author

Keywords:

Shaxs kamoloti, ta’lim islohotlari, ijtimoiylashuv, innovatsion ta’lim, raqamlashtirish, modernizatsiya, ijtimoiy omillar, yondashuv, raqamli madaniyat, pedagogik texnologiyalar, ma’naviy tarbiya, ilmiy mobillik, kredit-modul tizimi, zamonaviy ta’lim modeli, globalizatsiya jarayonlari.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada sotsiologik ta’lim yo‘nalishida shaxs kamolotini ta’minlashga doir yondashuvlar, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning yoshlar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, klassik va zamonaviy sotsiologik nazariyalar asosida shaxsning ijtimoiylashuvi, ma’naviy barkamol bo‘lib shakllanishi hamda ta’lim tizimining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim tizimlarida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, innovatsion pedagogika, raqamli ta’lim texnologiyalari va kredit-modul tizimining afzalliklari yoritilgan. Maqola natijalari shaxs kamoloti, ta’lim sotsiologiyasi va ta’lim tizimini modernizatsiya qilish borasidagi ilmiy ishlanmalar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada shaxs va uning xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishida ijtimoiy omillar ham muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

Downloads

Published

23-12-2025

How to Cite

TA’LIM YO‘NALISHIDA SHAXS KAMOLOTINI TA’MINLASHDA SOTSIOLOGIK YONDASHUVLAR. (2025). ZAMONAVIY ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR NAZARIYASI , 2(6), 136-140. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/1566