ARGOUML MUHITI VA UNING IMKONIYATLARI
Keywords:
UML, ArgoUML, modellashtirish, dasturiy ta’minot, tizim arxitekturasi, diagramma, kod generatsiyasi.Abstract
Ushbu maqolada dasturiy ta’minot tizimlarini modellashtirishda qo‘llaniladigan ochiq manbali ArgoUML muhiti haqida so‘z yuritiladi. Unda UML (Unified Modeling Language) tilining asosiy tamoyillari, ArgoUML dasturining interfeysi, funksional imkoniyatlari hamda uning dasturiy loyihalarda amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Maqolada, shuningdek, ArgoUML vositasi orqali diagrammalarni yaratish, ularni tahlil qilish va dasturiy kod generatsiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida ArgoUML dasturi o‘quv jarayonida va dasturiy injiniring sohasida samarali vosita ekanligi isbotlangan.