AMERIKA PREZIDENTLARI NUTQIDA KIRISH SO’ZLARNING O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILINISHI
Abstract
Siyosiy diskursning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritishdan avval biz siyosiy diskurs atamasiga ta’rif berishimiz lozim. Bunday ta’riflar jamiyatning turli sohalarida turli shakllarda keltirib o‘tilganiga qaramasdan, eng to‘liq va mukammalroq ta’riflarni har doimgidek tilshunoslar bayon etishadi va ushbu tezis shu ta’riflarni tahlil qilib beradi.
Siyosiy nutqni tahlil qilayotganimizda, avvalambor uning o'rganish ob'ektini to‘g‘ri aniqlay olishimiz zarur. "Siyosiy nutq" aynan nima? Bu borada barchaning hayoliga eng oson va umumiy holatda bir fikr keladi. Siyosiy nutq mualliflar ya'ni siyosatchilar tomonidan ijro etiladi yoki ularning nutqlari siyosiy diskurs sifatida belgilanadi. Darhaqiqat, siyosiy tadqiqotlarning katta qismi professional siyosatchilar yoki siyosatchilarning matnlarini o‘z ichiga qamrab oladi, Prezident, bosh vazirlar va hukumatning boshqa a'zolari, parlament yoki siyosiy partiyalar, ham mahalliy, ham milliy va xalqaro darajadagi boshqaruv organlariga tegishli bo‘lgan nutq shakllariga tayangan holda olib boriladi. Dunyoning ko‘plab rivojlangan malakatlarida, xususan, AQSHda, prezidentlik ritorikasini o'rganish uchun tahliliy nutq yondashuviga asoslanib ilmiy ishlanishlar juda ko‘p olib boriladi. (masalan, Kempbell va Jeymison 1990; Hart 1984; Snayder va Xiggins 1990; Stuckey 1989; Tompson 1987e; Windt 1983, 1990).Shu o‘rinda siyosiy maydon markazining o‘yinchilari bo‘lgan siyosatchilar guruhi ham siyosiy diskurs tahliliga oid tadqiqotlarning nishoniga aylanishadi. Siyosiy nutqni aniqlashning bu usuli tibbiyot, huquq yoki ta'lim sohalariga tegishli ishtirokchilar bilan tibbiy, huquqiy yoki tarbiyaviy nutqni aniqlashdan deyarli farq qilmaydi. Biroq, siyosatshunoslik, va boshqa siyosiy amaliyotlarda siyosatchilar sohaning aktyorlari va mualliflari sifatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lsa-da, ular siyosiy diskurs tahlilining yagona ishtirokchilari emas. Shuning uchun o'zaro ta'sir nuqtai nazaridan nutq tahlilini olib borayotganimizda, jamoatchilik, xalq, fuqarolar, kabi siyosiy kommunikativ hodisalar “omma” va boshqa guruhlar yoki toifalar kabilarni ham siyosiy nutqning tinglovchilari va qabul qiluvchilari sifatida tadqiqotlarga kiritishimiz kerak. Ya'ni, siyosiy muloqotning ko'plab ishtirokchilari sahnada paydo bo'ladi.