Raqamli transformatsiya jarayonlarining korxonalar samaradorligiga ta’siri
Keywords:
Raqamli transformatsiya, tadbirkorlik, kichik biznes, raqamli iqtisodiyot,innovatsiyalar, globallashuv, raqobatbardoshlik, raqamli platformalarAbstract
Ushbu maqolada korxonalar faoliyatini raqamlashtirish jarayonining samaradorligi ekonometrik usullar yordamida tahlil qilindi. Raqamlashtirish jarayoni korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda korxonalarning raqamlashtirish darajasi va moliyaviy natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik regressiya modellari yordamida o‘rganildi. Natijalar raqamlashtirishning korxona daromadlari, mahsulot sifati va ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, raqamlashtirish jarayonida duch kelinadigan to‘siqlar, jumladan, moliyaviy cheklovlar, texnologik infratuzilmaning rivojlanmaganligi va malakali kadrlar yetishmovchiligi tahlil qilindi. Tahlil natijalari asosida korxonalar uchun raqamlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.