ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI KIRIB KELAYOTGAN YANGI SO‘ZLAR (NEOLOGIZMLAR) TAHLILI
Keywords:
zamonaviy o‘zbek tili, ijtimoiy tarmoqlar, neologizm, yangi so‘zlar, leksik taraqqiyot, tilga ta’sir, sotsiolingvistika.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek tilining leksik tarkibida ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida shakllanayotgan yangi so‘zlar - neologizmlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook, TikTok va boshqalar) orqali keng ommalashayotgan yangi birliklarning kelib chiqishi, semantik xususiyatlari, funksional-uslubiy qo‘llanilishi hamda adabiy til me’yorlariga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, neologizmlarning til taraqqiyotidagi o‘rni, ularning ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog‘liqligi va o‘zbek tiliga moslashuv jarayonlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy tilshunoslik, ayniqsa, sotsiolingvistika va leksikologiya yo‘nalishlari uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.