INTERNET VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘SMIR TAFAKKURIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI
Keywords:
o‘smirlik davri, tafakkur, internet, axborot texnologiyalari, raqamli muhit, psixologik ta’sir, axborot gigiyenasi, tanqidiy fikrlash, diqqat, virtual muloqot.Abstract
Ushbu maqolada internet va axborot texnologiyalarining o‘smir tafakkuriga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri tahlil qilingan. Raqamli muhitda ulg‘ayayotgan o‘smirlar ongida yuz berayotgan kognitiv, emotsional va ijtimoiy o‘zgarishlar ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Maqolada internetdan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari, uning tafakkur jarayonlariga, tanqidiy va ijodiy fikrlashga, diqqat va refleksiya qobiliyatlariga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar sharoitida o‘smir tafakkurini sog‘lom shakllantirish uchun ota-onalar, pedagoglar va psixologlarning o‘rni alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari o‘smirlarning raqamli xulq-atvorini boshqarish, axborot gigiyenasini shakllantirish va internetdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.