KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TAʼLIM-TARBIYANING OʻRNI VA AHAMIYATI
Keywords:
korrupsiya, jamiyat, illat, murosasiz munosabat, taʼlim va tarbiya, oʻquv jarayoni.Abstract
Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda taʼlim-tarbiyaning oʻrni va ahamiyati yoritilgan va taklif va tavsiyalar berilgan. Xususan, korrupsiyani bartaraf etishda eng muhim omillardan biri — jamiyatda ushbu illatga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirishdir. Bunday muhitni yaratish jarayoni, avvalo, taʼlim va tarbiya tizimidan boshlanishi lozim. Har bir shaxs — pedagog boʻladimi, bojxona yoki ichki ishlar organlari xodimi, prokuratura vakili yoki boshqa soha mutaxassisi boʻladimi — korrupsiyaga qarshi kurashishni oʻzining ichki axloqiy mezoni va mustahkam eʼtiqodiga aylantirishi zarur.