O'RGATISHDAN ILHOMLANTIRISH SARI: SAN'AT TA'LIMIDA ZAMONAVIY PEDAGOGNING ROLI
Keywords:
Tahlil ; sintez ; tahliliy faoliyat ; applikatsiya ; rangtasvir ; san’at ta'limi.Abstract
“Tasviriy faoliyat — bu bolalar qalbida go‘zallikni his etish, aql bilan idrok etish va qo‘l bilan ifoda etish san’atidir.” San'at ta'limi sohasidagi pedagoglar darslarni qay yo'sinda olib borishi juda muhim. Negaki, San’at ta’limida pedagogning dars o‘tish uslubi o‘quvchi shaxsining ijodiy fikrlashini shakllantirish, tasviriy ko‘nikmalarini rivojlantirish va go‘zallikni his qilish qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi kerak. Dars faqat texnik mashg‘ulot emas, balki o‘quvchini san’at olamiga yetaklovchi ijodiy jarayondir. Shuningdek, ma’naviy va estetik muhit yaratishi kerak. O‘quvchi san’at darsida o‘zini erkin his qilsa, u o‘z fikrini ranglar, shakllar yoki chiziqlar orqali ifodalashdan cho‘chimaydi. Bu esa ijodkorlikni rag‘batlantiradi.