IJODIY DARSLAR ORQALI O’QUVCHILARDA MUSTAQIL FIKRLASH VA TASHABBUSKORLIKNI OSHIRISH
Keywords:
Pedagogik texnologiya; innovatsion yondashuv; mustaqil fiklash; axborot-kommunikatsion usul; pedagogik mahorat; faoliyatga moyillik; ta’lim-tarbiya YUNESKO; AKT loyihasi;Abstract
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarga yechim topish va tashabbus ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi . Avvalo, biz ijodiy darslar " nima " va ular " qay tarzda " olib borilishi haqida tushuncha hosil qilib olishimiz kerak. Bu usulda o'qitish jarayonida ijodkorlikni uyg'otish, talabalarda mustaqil va estetik fikrlashni rivojlantirish usullar tahlillarini ko’rib chiqamiz.
“Yuqoridagi fikrga ko'ra, o'quvchilar mustaqil fikrlarini bayon eta olishi o'ziga bog'liq ya'ni ularning fikr doirasiga qaraladi. " -deb hisoblanadi. Bu aksincha, o'quvchilarning shaxsiy fikr yuritishi tabiiy, ammo buni atrofdagilarga yetkazib bera olishi-chi? Bu ijodiy yondashuvdagi darslarga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ijodiy yondashuv asosida darslarni olib borish, ham muvaffaqiyatda ham fikrlashda - samarali yo'l sifatida e'tirof etilmoqda. Ijodiy darslarda o‘qituvchi o‘quvchini erkin fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini bildirishga, yangi g‘oyalarni ilgari surishga undaydi.
Bu muhit davomida o'zini erkin his qila olgan o'quvchilar, albatta o'z shaxsiy fikrini mustaqil bildira oladi. Hozirda darslarni faqatgina ma'lumot berish orqali o'quvchilarni qoniqtirib bo’lmay qoldi. Shu bois ko'pchilik metodist o'qituvchilar o'z darslarida turli o'yin va foydali usullar orqali o'tishadi.