Qoʻshiqlar, maqollar va matallar, afsonalar va rivoyatlar, asotirlar va masallarning axloqiy tarbiyadagi oʻrni

Authors

  • Xalmatova Dilobod Alimjanovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika kafedrasi katta o`qituvchisi Author
  • Zoirova Maftuna Xayrulla qizi Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika yo’nalish 2-bosqich talabasi Author

Keywords:

Xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiqlar, maqollar, matallar, afsonalar, rivoyatlar, asotirlar, masallar, axloqiy tarbiya, ma’naviy qadriyatlar, xalq donishmandligi, ezgulik, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g‘urur, tarbiya jarayoni, ma’naviy barkamollik, axloqiy fazilatlar.

Abstract

Xalq og‘zaki ijodi namunalarining — qo‘shiqlar, maqollar va matallar, afsonalar, rivoyatlar, asotirlar hamda masallarning axloqiy tarbiyadagi o‘rni beqiyosdir. Ular asrlar davomida xalqning ma’naviy hayoti, dunyoqarashi va ezgu orzu-intilishlarini ifodalab kelgan. Har bir og‘zaki ijod namunasi inson qalbini ezgulikka yo‘naltiruvchi, uni halollik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi kuchga ega. Maqollar va matallar xalq donishmandligi mahsuli bo‘lib, yoshlarni to‘g‘rilikka, sabr-toqatga va adolatga chorlaydi. Qo‘shiqlar inson ruhiyatini poklaydi, milliy g‘urur va muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Afsonalar va rivoyatlar yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurashni badiiy tarzda yoritib, hayotiy saboq beradi. Asotirlar va masallar esa insonni fikrlashga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga o‘rgatadi. Shu tariqa xalq og‘zaki ijodi namunalarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk, e’tiqodli va axloqan komil inson etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

25-10-2025

How to Cite

Qoʻshiqlar, maqollar va matallar, afsonalar va rivoyatlar, asotirlar va masallarning axloqiy tarbiyadagi oʻrni. (2025). ZAMONAVIY ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR NAZARIYASI , 2(4), 63-67. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/1102