Xalq pedagogikasi manbalari

Authors

  • Xalmatova Dilobod Alimjanovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika kafedrasi katta o`qituvchisi Author
  • Yerejepova Asiya Mirzatulla qizi Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika yo’nalish 2-bosqich talabasi Author

Keywords:

Xalq pedagogikasi, og‘zaki ijod, urf-odatlar, an’analar, marosimlar, xalq o‘yinlari, diniy ta’limotlar, amaliy san’at, hunarmandchilik, musiqa, tasviriy san’at, ma’naviy qadriyatlar, tarbiya, milliy meros.

Abstract

O‘zbek xalq pedagogikasi xalqning ko‘p asrlik tajribasi, donoligi va ma’naviy qadriyatlariga asoslangan tarbiya tizimi sifatida alohida ahamiyatga ega. Bu tizim xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, xalq o‘yinlari, amaliy san’at, diniy ta’limotlar, musiqa va tasviriy san’at kabi manbalar orqali avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Har bir manba yosh avlodda ezgulik, mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda xalq pedagogikasining ushbu manbalari tahlil qilinib, ularning ma’naviy va estetik ahamiyati hamda zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan samarali foydalanish yo‘llari yoritilgan. Xalq pedagogikasi bugungi ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy barkamol, ijtimoiy faollikka ega shaxslar etib tarbiyalashda muhim manba sifatida namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.

Downloads

Published

25-10-2025

How to Cite

Xalq pedagogikasi manbalari. (2025). ZAMONAVIY ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR NAZARIYASI , 2(4), 55-58. https://innoworld.net/index.php/zifin/article/view/1100