Boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyotini o‘qitishda sun’iy intellektdan samarali foydalanish texnologiyalari
Keywords:
sun’iy intellekt, boshlang‘ich ta’lim, bolalar adabiyoti, raqamli ta’lim, interaktiv texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida bolalar adabiyotini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullari yoritilgan. Sun’iy intellekt asosidagi o‘quv dasturlari, chat-botlar, virtual o‘qituvchilar va interaktiv platformalar orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, o‘qishga qiziqishi hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada o‘qituvchining raqamli kompetensiyasini oshirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘qitish jarayonini yaratishda sun’iy intellektning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishning dolzarbligini asoslaydi.