Orol dengizining kurish oqibati

Authors

  • Fayzulloeva Marjona O‘tkirovna Author

Abstract

Orol dengizi fojiasi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik halokatlardan biri bo'lib, uning oqibatlari nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo uchun jiddiy ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar muammolarni keltirib chiqardi. Bir paytlar dunyodagi toʻrtinchi yirik ichki suv havzasi boʻlgan Orol dengizi bugungi kunda asosan quruqlikka, zaharli tuz va chang qatlami bilan qoplangan Orolqum sahrosiga aylangan. Orol fojiasining asosiy sababi – oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab sobiq Ittifoq hukumati tomonidan Markaziy Osiyoda paxta yakkahokimligini oʻrnatish va keng koʻlamli sugʻorma dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ulkan irrigatsiya loyihalaridir. Amudaryo va Sirdaryo suvlari katta hajmda paxta va boshqa ekin maydonlarini sugʻorish uchun kanallar orqali olib ketilgan. Bu loyihalar iqtisodiy samaradorlikni birinchi oʻringa qoʻyib, ekologik oqibatlarni mutlaqo hisobga olmagani fojianing bosh omili boʻlgan.

References

1. Toshpulatova M., Adirboyeva Sh., Bakirov I. (2025). Orol dengizi inqirozi va ekologik ta'siri. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. DOI: 10.5281/zenodo.15074287.

2. Muxammadiyeva Sh. (2025). Orol dengizi fojiasi. Молодые ученые, 3(30), 40–41.

3. Tussupova K., Anchita, Hjorth P., Moravej M. (2024). Drying Lakes: A Review on the Applied Restoration Strategies and Health Conditions in Contiguous Areas. FAO AGRIS.

4. Shinaliyeva U. (2024/2025). Ecosystem restoration through Saxaul Plantations on the Dried Aral Sea Bed in Kazakhstan: a spatial assessment in a GIS environment. Padua universiteti dissertatsiyasi.

Downloads

Published

2026-05-04

How to Cite