Zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt paradigmalarining o‘rni va rivojlanish istiqbollari
Keywords:
sun’iy intellekt, ta’lim tizimi, sun’iy intellekt paradigmalar, raqamli ta’lim, adaptiv o‘qitish, mashinali o‘rganish, chuqur o‘rganish, individuallashtirilgan ta’lim, intellektual ta’lim tizimlari.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt paradigmalarining o‘rni, ahamiyati hamda ularning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida sun’iy intellektning asosiy paradigmalariga — bilimga asoslangan tizimlar, mashinali o‘rganish, chuqur o‘rganish va intellektual agentlarga asoslangan yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu paradigmalar ta’lim jarayonini individuallashtirish, adaptiv o‘qitish muhitini shakllantirish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash va ta’lim sifatini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’limga joriy etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar, xususan, axborot xavfsizligi, axloqiy masalalar va pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish zarurati yoritilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt paradigmalaridan samarali foydalanish zamonaviy ta’limni raqamli transformatsiya qilish va uning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.