O’quvchilarni yozuvga o’rgatish jarayonida interfaol usullarning o’rni va ahamiyati
Keywords:
interfaol metodlar, yozuv malakasi, boshlang‘ich ta’lim, savod o‘rgatish, grafik organayzer, innovatsion texnologiyalar, “Insert”, “Klaster”.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari, pedagogik afzalliklari va o‘quvchilar rivojiga ko‘rsatadigan kompleks ta’siri ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot davomida interfaol metodlarning o‘quvchilar yozuv texnikasi, imlo savodxonligi, ijodiy fikrlash qobiliyati hamda matn yaratish ko‘nikmalari rivojiga ta’siri bo‘yicha tajriba-sinov ishlari olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol metodlar o‘quvchilarning faolligi, motivatsiyasi, ijodkorligi va hamkorlikda ishlash malakasini sezilarli darajada oshiradi. Maqola interfaol usullarning boshlang‘ich ta’lim metodikasidagi o‘rni, nazariy yondashuvlari (Vygotsky, Dewey, Bruner, Richards & Rodgers) hamda o‘zbek va xorijiy tajribaga asoslangan metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.