Talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda abdurauf fitratning “oila” asaridan foydalanish yo‘llari
Keywords:
Abdurauf Fitrat, Oila asari, oilaviy tarbiya, jadid ma’rifati, axloqiy qadriyatlar, ta’lim va tarbiya, zamonaviy oila, oila psixologiyasi, tarbiyaviy metodika.Abstract
Mazkur maqolada mashhur jadid ma’rifatchisi Abdurauf Fitratning “Oila” asari asosida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari yoritiladi. Asarda ilgari surilgan g‘oyalar, axloqiy-me’yoriy qarashlar hamda zamonaviy oila institutining shakllanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Fitratning oilaviy qadriyatlarga doir fikrlarini bugungi yoshlar tarbiyasiga tadbiq qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, asarning o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham berilgan. Ushbu tadqiqot Fitrat merosining dolzarbligini yana bir bor namoyon etadi va uni ta’lim-tarbiyada qo‘llash zaruratini asoslaydi.