Korreksion pedagogika asosida inklyuziv ta’limni tashkil etish
Keywords:
Inklyuziv ta’lim, korreksion pedagogika, alohida ta’lim ehtiyojlari, diagnostika, individual rivojlantiruvchi dastur (IRD), moslashtirilgan ta’lim, defektolog, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya, pedagogik integratsiya, maxsus ta’lim texnologiyalari.Abstract
Ushbu maqolada korreksion pedagogika tamoyillariga asoslangan inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Inklyuziv ta’limning mohiyati, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni umumta’lim muhitiga integratsiya qilish jarayoni hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, korreksion pedagogikaning diagnostika, reabilitatsiya, individual rivojlantiruvchi dasturlarni tuzish, moslashtirilgan ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdagi o‘rni batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari inklyuziv yondashuvni joriy qilish korreksion pedagogika vositasida o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini, o‘ziga ishonchini va ta’lim sifati samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.