Iste’molchi xatti harakati nazariy modellar va real misollar
Keywords:
iste’molchi xatti-harakati, iste’molchi qarori, nazariy modellar, iqtisodiy model, psixologik model, ijtimoiy omillar, madaniy omillar, xarid jarayoni, marketing strategiyasi, bozor tahlili.Abstract
: Ushbu maqolada iste’molchi xatti-harakatining mohiyati, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda nazariy modellar tahlil qilinadi. Iqtisodiy, psixologik, ijtimoiy va madaniy modellar orqali iste’molchilarning xarid qilish jarayonidagi qaror qabul qilish xususiyatlari yoritib beriladi. Shuningdek, nazariy qarashlarning real hayotdagi amaliy misollar bilan bog‘liqligi ko‘rsatilib, iste’molchi xatti-harakatini o‘rganish marketing faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari korxonalar va marketologlar uchun iste’molchi ehtiyojlarini chuqur anglash hamda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.