QUYOSHLI O‘LKALАРDA YASHOVCHI SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI BO‘LGAN BEMORLARNI DAVOLASHDA TIAZIDLI DIURETIKLARNING SALBIY ROLI
Abstract
Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) jahon bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklari ichida o‘lim va nogironlikning yetakchi sabablaridan biridir. Quyoshli va issiq iqlimli hududlarda yashovchi bemorlarda suvsizlanish, elektrolitlar disbalansi va gemodinamik buzilishlar xavfi sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Tiazidli diuretiklar arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligini davolashda keng qo‘llaniladi, biroq ularning quyoshli hududlarda salbiy ta’siri kuchayishi mumkin. Ushbu maqolada tiazidli diuretiklarning SYY bo‘lgan bemorlarda salbiy farmakologik va onkologik (teri melanomasi) ta’siri keng tahlil qilinadi.