ERKIN A’ZAM ASARLARIDA AXLOQIY TARBIYA VA MA’NAVIY KAMOLOT G‘OYALARI
Keywords:
ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar, adabiyot, milliy ruh, badiiy ijod, ruhiy kamolot, ma’naviy tarbiya, kitobxonlik, insonparvarlik.Abstract
Ushbu maqola zamonaviy o‘zbek adabiyotining yetuk vakili Erkin A’zam ijodida adabiyot va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot ishida yozuvchi asarlaridagi ma’naviy qadriyatlarning ifoda topishi, milliy o‘zlikni saqlash va rivojlantirish masalalari, shuningdek, adabiyotning jamiyat ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishdagi roli atroflicha o‘rganilgan. Shu bilan bir qatorda, uning hikoyalarida yurtga nisbatan muhabbat, ota-onaga hurmat, adolat, haqparastlik, do‘stlik va sadoqat kabi ezgu fazilatlarning qanday tasvirlanganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ijodkor asarlarida ma’naviy poklik, ruhiy go‘zallik va axloqiy kamolot masalalarining badiiy ifodasi ochib berilganligi ta’kidlangan. Maqolada Erkin A’zamning “Sovuq”, “Ostona”, “Navoiyni o‘qigan bolalar” hamda “Fideldan salom” kabi taniqli asarlarida ma’naviy tarbiya, ruhiy kamolot va axloqiy yuksalik masalalari qanchalik chuqur talqin etilganligi tahlil qilingan. Muallif ijodi orqali milliy ma’naviyatimizning asil qadriyatlari va ularning zamonaviy talqini orqali kelajak avlodlarning ma’naviy kamolotiga qo‘shgan ulkan hissasi baholangan.