SERTIFIKATLASH TIZIMIDAGI TASHKILIY NOANIQLIKLAR VA HUJJATLASHTIRISHDAGI MURAKKABLIKLAR

Authors

  • Anvarova Muhsinaxon Otabek qizi Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabasi Tel: +99890 409 65 06 anvarovamuhsinakhon@gmail.com Author

Keywords:

mehmonxona xo‘jaligi, sertifikatlash tizimi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, baholash mezonlari, raqamlashtirish, byurokratik jarayonlar, xalqaro standartlar, axborot texnologiyalari, shaffoflik, kadrlar malakasi.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaligida amal qilayotgan sertifikatlash tizimining holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda sertifikatlash jarayonini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning murakkabligi, ularning o‘zaro takrorlanishi va ziddiyatli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, baholash mezonlarining aniq belgilanmaganligi, hujjatlar aylanishining ortiqcha byurokratikligi, raqamlashtirish darajasining pastligi hamda malakali kadrlar yetishmasligi tizim samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan. Maqolada sertifikatlash jarayonida shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yagona elektron platformani joriy etish, xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni qo‘llash, hamda kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mehmonxona xo‘jaligida sertifikatlash tizimini soddalashtirish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish zaruratini asoslaydi.

Downloads

Published

2025-11-04

How to Cite

SERTIFIKATLASH TIZIMIDAGI TASHKILIY NOANIQLIKLAR VA HUJJATLASHTIRISHDAGI MURAKKABLIKLAR . (2025). YANGI RENESSANS, 2(3), 36-42. https://innoworld.net/index.php/yr/article/view/1137