TISH KARIESINING ZAMONAVIY TASNIFI, DAVOLASH USULLARI VA PROFILAKTIKASINING KLINIK-EPIDEMIOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Tish kariesi, tasnif, davolash, profilaktika, demineralizatsiya, remineralizatsiya, epidemiologiya, DMF indeksi, stomatologiya.Abstract
Tish kariesi insoniyat orasida eng keng tarqalgan stomatologik kasalliklardan biri hisoblanadi va u barcha yosh guruhlarida uchraydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholining qariyb 90 % dan ortigʻida hayoti davomida kamida bir marotaba karies aniqlanadi. Ushbu kasallik tishning qattiq toʻqimalarining demineralizatsiyasi va organik moddalarning parchalanishi bilan xarakterlanadi. Karies rivojlanishida mikroorganizmlar, uglevodlarga boy oziq-ovqat, ogʻiz gigiyenasining yetarli emasligi, tupurik tarkibining oʻzgarishi va organizmning umumiy holati muhim rol oʻynaydi. Mazkur maqolada tish kariesining zamonaviy tasnifi, klinik shakllari, rivojlanish bosqichlari, davolash usullari hamda profilaktika choralarining ilmiy-nazariy asoslari keng yoritilgan. Adabiyotlar tahlili asosida kariesni Black, ICD, klinik va patogenezga asoslangan tasniflari solishtirildi. Zamonaviy davolash usullari sifatida minimal invaziv stomatologiya, kompozit materiallar, remineralizatsiya terapiyasi, lazer texnologiyalari va ftor preparatlari qoʻllanilishining samaradorligi tahlil qilindi. Profilaktika yoʻnalishida individual, guruhiy va ommaviy profilaktika usullarining samaradorligi statistik maʼlumotlar asosida baholandi. Ilmiy manbalar va klinik tadqiqotlar natijalari shuni koʻrsatadiki, karies rivojlanishini 60–70 % gacha kamaytirish ogʻiz gigiyenasini yaxshilash, ftor profilaktikasi, ratsional ovqatlanish va muntazam stomatologik koʻriklar orqali amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, bolalarda karies darajasi yuqori bo‘lib, ayrim hududlarda DMF indeksi 5–8 gacha yetishi aniqlangan.
References
1. Fejerskov O., Kidd E. Dental Caries: The Disease and Its Clinical Management. Wiley Blackwell, 2015.
2. Selwitz R., Ismail A., Pitts N. Dental caries. Lancet, 2007.
3. Mount G., Hume W. Preservation and Restoration of Tooth Structure. Wiley, 2016.
4. Kidd E. Essentials of Dental Caries. Oxford University Press, 2016.
5. Pitts N. Detection, Assessment, Diagnosis and Monitoring of Caries. Monographs in Oral Science, 2009.
6. Marsh P. Dental plaque as a biofilm. Caries Research, 2006.
7. Zero D. Dental caries process. Dental Clinics of North America, 2010.
8. Ten Cate J. Remineralization of caries lesions. Journal of Dental Research, 2013.
9. Featherstone J. The continuum of dental caries. Journal of Dental Research, 2004.
10. WHO. Oral Health Surveys Basic Methods. World Health Organization, 2013.