CYNODON DACTYLON OʻSIMLIGINING XALQ TABOBATIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Cynodon dactylon, ajriq, xalq tabobati, fitoterapiya, etnobotanika, antidiabetik faollik, antimikrob taʻsir, Oʻzbekiston.Abstract
: Ushbu maqola Cynodon dactylon oʻsimligining xalq tabobatidagi qoʻllanilish tarixi, kimyoviy tarkibi va farmakologik ahamiyatini oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlar etnobot anik anʻanalari bilan zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalari qiyoslanadi. PubMed, Scopus va Web of Science maʻlumotlar bazalarida chop etilgan ilmiy maqolalar tahlil qilindi. Ajriq oʻsimligining farmakologik faolligiga oid 2007–2020 yillar oraligʻida nashr etilgan tadqiqotlar asosiy manba sifatida tanlandi. Shuningdek, mintaqaviy etnobotanik maʻlumotlar va xalq tabobati anʻanalari hisobga olindi. Ajriqda palmit kislota, oleik kislota, sitosterol, alfa-tokoferol, flavonoidlar (vitexin, orientin, apigenin, luteolin) va alkaloidlar aniqlangan. Oʻsimlik antidiabetik, antibakterial, antifungal, antioksidant, yara bitkazuvchi, diuretik va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligi laboratoriya va klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan. Cynodon dactylon xalq tabobatida asrlar davomida qoʻllanilgan noyob oʻsimlik boʻlib, uning farmakologik potensiali zamonaviy ilmiy maʻlumotlar bilan toʻliq mos keladi. Bu oʻsimlik fitoterapiya va farmatsevtika sohalarida yangi dori vositalarini yaratish uchun istiqboldagi manba hisoblanadi.References
[1] Singh, S. K., Kesari, A. N., Gupta, R. K., Jaiswal, D., & Watal, G. (2007). Assessment of antidiabetic potential of Cynodon dactylon extract in streptozotocin diabetic rats. Journal of Ethnopharmacology, 114(2), 174–179. https://doi.org/10.1016/j.jep.2007.07.039
[2] Biswas, T. K., Mukherjee, B., Kar, A., Mukherjee, K., Kaur, G., Bhattacharya, D., & Bhattacharyya, D. (2017). Evaluation of Cynodon dactylon for wound healing activity. Journal of Ethnopharmacology, 197, 128–137. https://doi.org/10.1016/j.jep.2016.07.064
[3] Savadi, R. V., Annigeri, S., Yadav, M., & Sutar, P. (2020). Phytochemical analysis and antimicrobial/antioxidant activity of Cynodon dactylon (L.) Pers. rhizome methanolic extract. Journal of Food Quality, 2020, Article 5946541. https://doi.org/10.1155/2020/5946541
[4] Ashokkumar, K., Selvaraj, K., & Muthukrishnan, S. D. (2013). Cynodon dactylon (L.) Pers.: An updated review of its phytochemistry and pharmacology. Journal of Medicinal Plants Research, 7(48), 3477–3483. https://doi.org/10.5897/JMPR2013.4940
[5] Al-Snafi, A. E. (2016). Chemical constituents and pharmacological effects of Cynodon dactylon — a review. IOSR Journal of Pharmacy, 6(7), 17–31. https://doi.org/10.9790/3013-06721731
Alimova, N. I. (2019). FROM THE HISTORY OF JADID SCHOOLS IN TURKESTAN. Theoretical & Applied Science, (10), 89-92