Jamiyatda daltanizm: muammolar va yechimlar
Keywords:
Daltanizm, rang ko‘rish nuqsoni, protanopiya, deuteranopiya, ijtimoiy moslashuv, inkluziv dizayn, Ishihara testi, ko‘makchi texnologiyalar.Abstract
Daltanizm — ranglarni ajrata olmaslik bilan kechuvchi ko‘rish nuqsoni bo‘lib, uning keng tarqalganligi jamiyat hayotining turli jabhalarida muammolarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada daltanizmning biologik asoslari, uning ijtimoiy hayotga ta’siri, ta’lim va kasb tanlashdagi cheklovlari, shuningdek, texnologik va pedagogik yechimlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mavjud ilmiy manbalar o‘rganilib, rang ko‘rish nuqsoniga ega shaxslarga moslashtirilgan dizayn, ko‘makchi texnologiyalar va jamiyatdagi inkluziv yondashuvlarning ahamiyati yoritildi. Olingan xulosalar daltanizm muammosini kamaytirish va rang sezgirligi past bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratishning muhimligini ko‘rsatadi. [1,7; 3,22]