Metabolik sindromning patogenezi, klinik xususiyatlari va tashxislash yondashuvlari: adabiyotlar sharhi
Keywords:
Metabolik sindrom, insulin rezistentlik, giperinsulinemiya, abdominal semizlik, glyukozaga tolerantlik buzilishi, yuqori qon bosimi, lipid almashinuvi buzilishi, epidemiologiya.Abstract
Metabolik sindrom (MS) insulinga rezistentlik, kompensator giperinsulinemiya, lipid va uglevod almashinuvi buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan kompleks metabolik patologiya bo‘lib, yurak-qon tomir, endokrin va boshqa tizim kasalliklari rivojlanishining yetakchi xavf omillaridan biridir. So‘nggi yillarda MSning global tarqalishi ortib bormoqda, xususan, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada kattalar aholisi orasida 40–60 million nafar shaxsda MS aniqlangan. Bolalar va o‘smirlar orasida ham noto‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning pasayishi tufayli MSning erta shakllanishi qayd etilmoqda.
Metabolik sindromning shakllanishida irsiy moyillik, yog‘ to‘planishi, jismoniy faollikning yetishmasligi, yuqori kaloriyali ovqatlanish hamda ekologik omillar muhim ahamiyatga ega. Patogenez markazida insulinrezistentlik yotadi, u glyukozaga tolerantlik buzilishi, AT darajasining oshishi, abdominal semizlik va dislipidemiya bilan kechuvchi murakkab o‘zaro bog‘liq jarayonlarni faollashtiradi. Shuningdek, to‘qimalarda oksidlanish jarayonlarining buzilishi, toksik metabolitlar to‘planishi va gumoral o‘zgarishlar metabolik disbalansni yanada kuchaytiradi.