OSHQOZON OSTI BEZI ß-HUJAYRALARINING REGENERATSIYASI VA DIABET DAVOLASHDA YANGI ISTIQBOLLAR
Keywords:
oshqozon osti bezi, ß-hujayralar, regeneratsiya, diabet, ildiz hujayralar, transdifferensiasiya.Abstract
Qandli diabet (QD) bugungi kunda dunyo miqyosida eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallikning asosiy patogenetik omili — oshqozon osti bezining ß-hujayralari soni va funksiyasining yetishmovchiligi bo‘lib, bu insulin sekretsiyasining buzilishiga va glyukoza homeostazining izdan chiqishiga olib keladi. An’anaviy davolash usullari kasallikni nazorat qilish imkonini bersa-da, ß-hujayralar yetishmovchiligini bartaraf eta olmaydi.
So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar ß-hujayralar regeneratsiyasining turli mexanizmlarini ochib berdi: proliferatsiya, transdifferensiasiya, ildiz hujayralardan yangi ß-hujayralar yaratish va immun tizimini boshqarish. Ushbu yo‘nalishlar diabetni radikal davolash uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Biroq ß-hujayra proliferatsiyasining cheklanganligi, transdifferensiasiya samaradorligining pastligi, ildiz hujayralar xavfsizligi hamda autoimmun jarayon kabi muammolar hali ham dolzarbdir.
Kelajakda gen terapiyasi, 3D bioprinting, farmakologik stimulyatorlar va shaxsiylashtirilgan tibbiyot yutuqlari ß-hujayralar regeneratsiyasini klinik amaliyotga tatbiq etishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Shunday qilib, ß-hujayralar regeneratsiyasi diabetologiyada yangi davrni boshlab berishi mumkin.