TURLI GENEZLI TROMBOSITOPENIYALAR: ETIOPATOLOGIYASI, DIFFERENSIAL DIAGNOSTIK ASOSLARI VA DAVOLASH TAMOYILLARI
Keywords:
trombositopeniya, immun trombositopenik purpura, DVS-sindrom, trombotik trombositopenik purpura, diagnostika, patogenez, IVIG, rituksimab, splenektomiya.Abstract
Ushbu maqolada turli genezli trombositopeniyalarning etiopatologiyasi, klinik kechishi, differensial diagnostika tamoyillari va zamonaviy davolash yondashuvlari tahlil qilinadi. Trombositopeniya — qon tarkibida trombositlar sonining kamayishi bilan tavsiflanadigan gematologik sindrom bo‘lib, u immun, infeksion, dori-induktsiyalangan, jigar yoki suyak iligi patologiyalarida uchrashi mumkin. Maqolada trombositopeniyaning asosiy patogenetik mexanizmlari, diagnostik bosqichlari, suyak iligi punksiyasi va immunologik testlarning ahamiyati, shuningdek, kortikosteroidlar, IVIG, rituksimab va trombopoetin agonistlari bilan olib boriladigan davolash taktikalari batafsil yoritilgan. Tadqiqotda xalqaro adabiyotlar va amaldagi klinik tavsiyalarga tayangan holda trombositopeniyaning zamonaviy terapiya usullari tahlil qilingan.