TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISHNING INVESTITSION MUHITNI BARQARORLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
kredit risklari, tijorat banklari, muammoli kreditlar (NPL), kredit sifatini boshqarish, investitsion muhit, kredit monitoringi, bank siyosati, risk-fond.Abstract
Ushbu maqola tijorat banklarida kredit risklarini boshqarish mexanizmlari va ularning investitsion muhitni barqarorlashtirishdagi rolini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Maqolada kredit risklarining manbalari, baholash usullari, monitoring va nazorat mexanizmlari, shuningdek kredit sifatini yaxshilash orqali investitsion faollik va ishonchni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Markaziy bank va Milliy statistika agentligining rasmiy ma’lumotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar tahlillari va adabiyotlar asosida empirik jihatlar tahlil qilingan. Ilmiy xulosalar va amaliy takliflar investitsion muhitni mustahkamlashga qaratilgan.