Daktil lug‘ati asosida ishlovchi platformalarni yaratish
Keywords:
daktil lug‘ati, imo-ishora alifbosi, sun’iy intellekt, kompyuter ko‘rish, mashinali o‘rganish, konvolyutsion neyron tarmoq, LSTM modeli, real vaqt rejimi, inklyuziv ta’lim, raqamli platforma, arxitektura modeli, ma’lumotlar bazasi, avtomatik tanish, multimodal interfeys.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada daktil lug‘ati asosida ishlovchi raqamli platformalarni yaratishning nazariy va amaliy asoslari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan daktil alifbo tizimini sun’iy intellekt va kompyuter ko‘rish texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan platforma ko‘rinishida modellashtirish va ishlab chiqishdan iborat. Ish jarayonida daktil belgilarni lingvistik jihatdan formalizatsiya qilish, ularni ma’lumotlar bazasida strukturaviy obyekt sifatida tashkil etish hamda real vaqt rejimida tanish algoritmlarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.