SUN’IY INTELEKT YORDAMIDA ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH FANINI O‘QITISH
Keywords:
sun’iy intellekt, dasturlashni o‘qitish, algoritmik fikrlash, adaptiv ta’lim, o‘quv analitikasi, avtomatik fikr-mulohaza, kod metrikalariAbstract
Ushbu maqolada sun’iy intellekt vositalari yordamida Algoritmik tillar va dasturlash fanini o‘qitishning didaktik modeli va uni amaliy dars jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi talabalar kompetensiyasini oshirish, xatolar diagnostikasini tezlashtirish hamda individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan metodik yondashuvni asoslashdan iborat. Metodologiya sifatida aralash tadqiqot dizayni tanlanib, pedagogik dizayn, o‘quv analitikasi, kod sifatini metrik baholash va eksperimental taqqoslash usullaridan foydalanildi. Ma’lumotlar bazasi sifatida dasturlash topshiriqlari yechimlari, kompilatsiya xatolari jurnallari va formatif baholash natijalari olindi. Ilmiy yangilik shundaki, dasturlashni o‘qitishda sun’iy intellektni faqat maslahat beruvchi vosita emas, balki o‘qitishning adaptiv boshqaruv elementi sifatida talqin qiluvchi konseptual model hamda algoritmik fikrlash bosqichlariga mos diagnostik indikatorlar taklif etiladi.
References
1. Wing J. M. Computational thinking. New York, ACM, 2006, 7 p.
2. Абдуқодиров А. А. Таълимда ахборот технологиялари. Тошкент, Фан, 2019, 256 б.
3. Saidov S. S., Karimov B. B. Dasturlashni o‘qitish metodikasi. Toshkent, O‘qituvchi, 2021, 192 b.
4. Siemens G., Baker R. S. J. d. Learning analytics and educational data mining: towards communication and collaboration. London, Springer, 2012, p. 252–254.
5. Полат Е. С., Бухаркина М. Ю. Современные педагогические и информационные технологии в системе образования. Москва, Академия, 2020, 368 с.
6. Hattie J., Timperley H. The power of feedback. London, Routledge, 2007, p. 81–112.
7. Kasneci E., Sessler K., Küchemann S., Bannert M., Dementieva D., Fischer F., Gasser U., Groh G., Günnemann S., Hüllermeier E., Krusche S., Kuhn J., Michaeli T., Nerdel C., Pfeffer J., Poquet O., Sailer M., Schmidt A., Seidel T., Teasley S., Kasneci G. ChatGPT for good? On opportunities and challenges of large language models for education. Amsterdam, Elsevier, 2023, 24 p.