ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA FALSAFIY TAFAKKUR VA YUMOR
Keywords:
Erkin Vohidov, hajvchilik, yumor, mutoyiba, she’riyatda yumorning qo'llanilishiAbstract
Ushbu maqolada Xalqimizning sevimli shoiri, O'zbekiston qahramoni Erkin Vohidov ijodida yengil kulgi hisoblangan yumordan foydalanib yaratilgan ijod namunalarining yaratilish tarixiga e’tibor qaratilgan. Undagi milliy hajvchilik, mahalliy kolorit belgilaridan foydalanish mahorati tasvirlangan. Shoir poetikasiga mansub “Yashavor” nomli to'rtlikning falsafiy mohiyati, “Karashma” she’ri orqali yigit-qizlar o'rtasidagi suhbatlarning asl ma’nosi, “Hazrat Xizr va zamona ayoli” she’ri esa ayollarning oilaviy, hayotiy muammolari oldida Xizrning ham gangib qolishi hazilomuz kulgi ostiga olingani badiiy ifodalarda yoritishga harakat qilingan.