Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini arifmetik amallarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

Authors

  • Dilrabo Ismoilova Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Author
  • Odinaxon Xolmirzayeva FarDu talabasi Author

Keywords:

Axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim. boshlang‘ich sinf, arifmetik amallar, matematik kompetensiya, interaktiv doska, ta’limiy dasturlar, gamifikatsiya, virtual manipulyativlar, qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, matematika o‘qitish metodikasi, raqamli savodxonlik, o‘quv jarayonida, IT vositalari, interaktiv o‘qitish. multimedia resurslari, elektron ta’lim platformalari, o‘quvchilarning faolligini oshirish, vizual o‘qitish.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida arifmetik amallarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Maqolada raqamli ta’lim vositalarining matematik tushunchalarni aniq, qiziqarli va oson o‘zlashtirishga xizmat qilishi, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishi, o‘quv jarayonida mustaqil izlanish va ijodiy yondashuvni shakllantirishi bo‘yicha ilmiy tahlillar berilgan. Shuningdek, interaktiv doska, ta’limiy dasturlar, virtual simulyatorlar, animatsiyalar, o‘yinlashtirilgan platformalar hamda mobil ilovalar orqali arifmetik amallarni o‘rgatishning afzalliklari, foydalanish usullari, bosqichma-bosqich metodikasi va o‘quvchilar bilimini baholash mexanizmlari yoritilgan. Maqola axborot texnologiyalarining boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchining yordamchisi emas, balki o‘quv jarayonini samarali tashkil etuvchi muhim vosita ekanini ilmiy-nazariy asoslab beradi. Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish kabi arifmetik amallarni puxta o‘zlashtirish, amaliy vaziyatlarda qo‘llay olish hamda mustaqil fikrlash kompetensiyalarining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Published

2025-12-13

How to Cite

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini arifmetik amallarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. (2025). Innovatsion Talabalar Axborotnomasi, 2(4), 36-38. https://innoworld.net/index.php/ita/article/view/1429